Maktab sohasidagi hamkasblarimiz bilishadi.
Muhiti yomon bo’lsa ham, eski sinfidan ketmaydigan o’quvchilar ko’p.
“O’rtoqlarim” deydi.
Aristotel
aytgan, emotsional do’stlar. Umumiy xotiralar bor. Umumiy tarix birga ushlab turadi.
Noto’g’ri joydaligini bilsa ham, tashlab keta olmaydi.
Shu sabab, zararli yo’llardan yurishni boshlaydi. Shifokor Gabor Meyt
aytganidek, “ko’rga ergashayotgan ko’r” bo’lib qoladi.
Bekorchi o’smirlarning hayoti qiziqroq ko’rinardi yoshligimda. Onam esa bizni ularga qo’shishni xohlamas edilar. Men tushunmas edim.
Katta bo’lib tushundim. Bekorchi o’smirlarning hayoti havas qilarlik bo’lmadi.
Yomon ko’rinsak ham, bolalarimizni noto’g’ri muhitdan olishimiz kerak ekan.
Bir oy arazlaydi. O’tib ketadi.
O’ttizga kirganidan keyin, butun umr malomat qilganidan, shu yaxshiroq.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram