avatar
Aziz Rahimov
@azizrakhimov_blog
01.10.2025 12:26
Bir kilogram koʻmirning quvvati bilan, bir oy bitta chiroqni yoqib turish mumkin.

Yogʻning quvvati bilan bir yarimta. Benzin quvvati bilan ikkita.

Oʻshancha uran bilan esa uch millionta(!) chiroqni yoqib turish mumkin!

Moddalarning quvvat zichligi har xil.

Odamlarda ham shunday.

Odamlar bor, umri davomida bitta odamni (oʻzini) ham oʻzgartira olmaydi.

Odamlar bor, minglab odamlarni oʻzgartiradi. Minglab chiroqlarni yoqishadi. Biz ularni haqiqiy ustozlar deb nomlaymiz.

Chiroqlar kerak, chiroq yoquvchilar esa yanada koʻproq kerak.

Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar.
1.1K 172.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Aziz Rahimov

58.5K
Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz

Reklama olmaymiz.
Открыть в Telegram