07.02.2026 10:05
OneID: Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi — har doim ustuvor vazifa 🛡️
 
🔐 Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rildi hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tizimlar va tashkilotlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) berishni xohlasangiz, OneID tizimi orqali ularni taqdim etish yoki cheklash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin:
 
🔹Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga o‘ting.
🔹Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring.
🔹ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring.
🔹"Shaxsga dor ma’lumotlarni boshqarish" bo‘limida xizmatni faollashtiring.
🔹Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.
 
👉 Maslahat: Agar OneID tizimga QR-kod orqali kirish usulini tanlasangiz, "Shaxsga dor ma'lumotlarni boshqarish" bo‘lim avtomatik faollashadi:
 
✔️Mobil qurilmangizga GooglePlay yoki AppStore’dan OneID ilovasini yuklab oling.
✔️Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting.
✔️Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va kompyuteringiz ekranidagi QR-kodni skanerlang.
 
Hurmatli foydalanuvchilar
✅ Ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu ortiqcha ovoragarchilik emas, balki kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir. O‘z xavfsizligingizga mas’uliyat bilan yondashing.
 
Sizning ma’lumotlaringiz — o‘z nazoratingizda!
16
👍 6
👏 1
21 11.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

AVO

13.2K
AVO’ning rasmiy Telegram-kanali

Sayt: http://avobank.uz
Instagram*: https://bit.ly/avouzbank
Facebook*: https://bit.ly/avouzbankfb
Telegram-bot: @avo_uz_bot

1 daqiqada onlayn mikroqarz olish: https://click.avo.uz/f0Rm/5cn03jgj
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram