AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
#Dolzarb_40_kunlik #Obod_xonadon_farovon_hayot #Kombinat_xodimlari_xonadoni
OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi davom etmoqda
🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik safarbarlik” tadbirlari doirasida OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi izchil davom etmoqda.
Mazkur aksiya doirasida mehnatsevarligi, ahilligi, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi, kitobxonlikni hayot tarziga aylantirgani hamda farzandlarini ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalayotgan oilalar keng jamoatchilikka namuna sifatida targ‘ib etilmoqda.
Shunday ibratli oilalardan biri — Yunusovlar oilasidir. Oila boshlig‘i Baxtiyor Yunusov OKMKning Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash boshqarmasida, turmush o‘rtog‘i Ozoda Yunusova esa Mis boyitish fabrikasida samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Yunusovlar oilasida kitob mutolaasi ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan ezgu an’anadir. Oila a’zolari uchun kitob bilim, tafakkur va yuksak ma’naviyat manbai hisoblanadi. Ushbu an’ana oilaning katta avlodi tomonidan e’zozlanib, bugun esa farzandlar qalbiga ham mehr bilan singdirilmoqda. Oila bekasining qaynonasi ham mutolaani sevuvchi, kitobxonlikni qadrlaydigan inson sifatida yosh avlodga munosib o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Oilada voyaga yetayotgan bir nafar qiz va bir nafar o‘g‘il farzand ham kitobga mehr, ilmga intilish va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalanmoqda.
Oila vakili Ozoda Yunusovaning erishgan yutuqlari kitobxonlik va tinimsiz izlanishning yorqin samarasidir. U ketma-ket ikki marotaba "Yosh kitobxon" Respublika tanlovida sovrindor bo‘lgan. Shuningdek, Yunusovlar oilasi ketma-ket ikki yil "Yosh kitobxon oila" tanlovining viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun Ozoda Yunusova "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan. Ushbu yuksak e’tirof uning bilimga intilishi, fidokorona mehnati va kitobga bo‘lgan cheksiz muhabbatining munosib e’tirofidir.
Bugungi kunda Yunusovlar oilasi kitobxonlikni oilaviy qadriyat sifatida e’zozlab, ilm-ma’rifatli, Vatanga sadoqatli va komil avlodni voyaga yetkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ahillik, mehr-oqibat va kitobga muhabbat ustuvor bo‘lgan ushbu xonadon mehnat jamoasi hamda keng jamoatchilik uchun chinakam ibrat maktabiga aylangan.
Mazkur yutuqlari, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi va oilaviy kitobxonlik an’analarini e’tiborga olgan holda, Yunusovlar oilasi "Kitobxon oila" nominatsiyasiga munosib deb topildi.
Web-site|YouTube|Facebook*|Telegram|Instagram*| X

8 3.6K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram