avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 14:00
#Anons

Kombinatda “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Dushanbadan - Jumaga qadar
Soat 20:00 da
"OKMK TV"da "Mahalliy vaqt" Axborot dasturini o'tkazib yubormang!

📡 “Mahalliy vaqt” axborot dasturini @okmk_tv_official havolasi orqali kirib, telegramm kanalimizda to'g'ridan-to'g'ri ko'rishingiz mumkin.

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
2 776
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 13:29
#Mahalliy_vaqt

Bugun, 11-avgust “OKMK TV” telekanalining “Mahalliy vaqt” axborot dasturi anonsi bilan tanishing:

65 yilda ilk bor amalga oshirilayotgan mukammal ta’mir. MBFning 1-sonli Maydalash sexida zamonaviy uskunalar o’rnatilmoqda.

BRICS Creative Economy Market – 2026. Hindistonda o’tkazilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston media sohasi vakillari qatnashishdi.

Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi. Nuroniylar tashabbusi bilan tashkil etilgan hashar.

“Jaholatga qarshi – ma'rifat” seminar-treningi. IOB xotin-qizlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ'ibot tadbiri.

IIVning Ixtisoslashtirilgan maktab internatiga qabul. Sinov imtihonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o’tkazilmoqda.

20:00 da kechki dasturlarimizni o’tkazib yubormang!

📡 “Mahalliy vaqt” axborot dasturini @okmk_tv_official havolasi orqali kirib, telegram kanalimizda to'g'ridan-to'g'ri
ko'rishingiz mumkin.

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
1 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 11:52
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal Фото: #Dolzarb_40_kunlik #Obod_xonadon_farovon_hayot #Kombinat_xodimlari_xonadoni OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi davom etmoqda 🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik safarbarlik” tadbirlari doirasida OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi izchil davom etmoqda. Mazkur aksiya doirasida mehnatsevarligi, ahilligi, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi, kitobxonlikni hayot tarziga aylantirgani hamda farzandlarini ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalayotgan oilalar keng jamoatchilikka namuna sifatida targ‘ib etilmoqda. Shunday ibratli oilalardan biri — Yunusovlar oilasidir. Oila boshlig‘i Baxtiyor Yunusov OKMKning Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash boshqarmasida, turmush o‘rtog‘i Ozoda Yunusova esa Mis boyitish fabrikasida samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda. Yunusovlar oilasida kitob mutolaasi ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan ezgu an’anadir. Oila a’zolari uchun kitob bilim, tafakkur va yuksak ma’naviyat manbai hisoblanadi. Ushbu an’ana oilaning katta avlodi tomonidan e’zozlanib, bugun esa farzandlar qalbiga ham mehr bilan singdirilmoqda. Oila bekasining qaynonasi ham mutolaani sevuvchi, kitobxonlikni qadrlaydigan inson sifatida yosh avlodga munosib o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Oilada voyaga yetayotgan bir nafar qiz va bir nafar o‘g‘il farzand ham kitobga mehr, ilmga intilish va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalanmoqda. Oila vakili Ozoda Yunusovaning erishgan yutuqlari kitobxonlik va tinimsiz izlanishning yorqin samarasidir. U ketma-ket ikki marotaba "Yosh kitobxon" Respublika tanlovida sovrindor bo‘lgan. Shuningdek, Yunusovlar oilasi ketma-ket ikki yil "Yosh kitobxon oila" tanlovining viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun Ozoda Yunusova "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan. Ushbu yuksak e’tirof uning bilimga intilishi, fidokorona mehnati va kitobga bo‘lgan cheksiz muhabbatining munosib e’tirofidir. Bugungi kunda Yunusovlar oilasi kitobxonlikni oilaviy qadriyat sifatida e’zozlab, ilm-ma’rifatli, Vatanga sadoqatli va komil avlodni voyaga yetkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ahillik, mehr-oqibat va kitobga muhabbat ustuvor bo‘lgan ushbu xonadon mehnat jamoasi hamda keng jamoatchilik uchun chinakam ibrat maktabiga aylangan. Mazkur yutuqlari, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi va oilaviy kitobxonlik an’analarini e’tiborga olgan holda, Yunusovlar oilasi "Kitobxon oila" nominatsiyasiga munosib deb topildi. Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram| X
#Независимость35
#Ударные_40_дней
#Благоустроенный_дом_благополучная_жизнь
#Дома_работников_комбината
 
На АГМК продолжается акция «Благоустроенный дом – благополучная жизнь»
 
В преддверии 35-летия независимости Республики Узбекистан на АГМК последовательно продолжается акция «Благоустроенный дом – благополучная жизнь».
 
В рамках акции широкому общественному вниманию представляются семьи, которые отличаются трудолюбием, взаимопониманием и приверженностью духовным ценностям, сделали чтение неотъемлемой частью своей жизни и воспитывают детей в духе стремления к знаниям и просвещению.
 
Одной из таких образцовых семей является семья Юнусовых. Глава семьи Бахтиёр Юнусов трудится в управлении специализированных ремонтных работ комбината, а его супруга Озода Юнусова – на медной обогатительной фабрике.
 
В семье Юнусовых любовь к чтению на протяжении многих лет остаётся доброй и бережно хранимой традицией. Для каждого члена семьи книга – это источник знаний, развития мышления и духовного роста. Эта традиция передаётся из поколения в поколение и сегодня с любовью прививается детям. Свекровь Озоды Юнусовой также является большой любительницей чтения и своим примером вдохновляет молодое поколение ценить книги и знания.
 
Дети наших героев с ранних лет воспитываются в духе любви к книгам, стремления к знаниям и высоких человеческих ценностей.
 
Достижения Озоды Юнусовой – яркое свидетельство того, каких результатов можно добиться благодаря любви к чтению и постоянному стремлению к саморазвитию. Она дважды становилась призёром республиканского конкурса «Ёш китобхон». Кроме того, семья Юнусовых два года подряд занимала почётное второе место на областном этапе конкурса «Ёш китобхон оила».
 
За вклад в популяризацию чтения, развитие культуры чтения среди молодёжи и активное участие в общественной жизни Озода Юнусова была награждена медалью «Созидатель будущего». Эта высокая награда стала достойным признанием её стремления к знаниям, самоотверженного труда и искренней любви к книгам.
 
Сегодня семья Юнусовых бережно хранит традицию семейного чтения и вносит достойный вклад в воспитание образованного, духовно развитого поколения, преданного Родине. Этот дом, где главными ценностями являются взаимопонимание, забота друг о друге и любовь к книге, стал настоящим примером для трудового коллектива и широкой общественности.
 
За достигнутые успехи, приверженность духовным ценностям и сохранение традиций семейного чтения семья Юнусовых была признана достойной номинации «Китобхон оила».

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 11:40
#Dolzarb_40_kunlik #Obod_xonadon_farovon_hayot #Kombinat_xodimlari_xonadoni

OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi davom etmoqda

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik safarbarlik” tadbirlari doirasida OKMKda “Obod xonadon – farovon hayot” aksiyasi izchil davom etmoqda.

Mazkur aksiya doirasida mehnatsevarligi, ahilligi, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi, kitobxonlikni hayot tarziga aylantirgani hamda farzandlarini ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalayotgan oilalar keng jamoatchilikka namuna sifatida targ‘ib etilmoqda.

Shunday ibratli oilalardan biri — Yunusovlar oilasidir. Oila boshlig‘i Baxtiyor Yunusov OKMKning Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash boshqarmasida, turmush o‘rtog‘i Ozoda Yunusova esa Mis boyitish fabrikasida samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Yunusovlar oilasida kitob mutolaasi ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan ezgu an’anadir. Oila a’zolari uchun kitob bilim, tafakkur va yuksak ma’naviyat manbai hisoblanadi. Ushbu an’ana oilaning katta avlodi tomonidan e’zozlanib, bugun esa farzandlar qalbiga ham mehr bilan singdirilmoqda. Oila bekasining qaynonasi ham mutolaani sevuvchi, kitobxonlikni qadrlaydigan inson sifatida yosh avlodga munosib o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Oilada voyaga yetayotgan bir nafar qiz va bir nafar o‘g‘il farzand ham kitobga mehr, ilmga intilish va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalanmoqda.

Oila vakili Ozoda Yunusovaning erishgan yutuqlari kitobxonlik va tinimsiz izlanishning yorqin samarasidir. U ketma-ket ikki marotaba "Yosh kitobxon" Respublika tanlovida sovrindor bo‘lgan. Shuningdek, Yunusovlar oilasi ketma-ket ikki yil "Yosh kitobxon oila" tanlovining viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun Ozoda Yunusova "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan. Ushbu yuksak e’tirof uning bilimga intilishi, fidokorona mehnati va kitobga bo‘lgan cheksiz muhabbatining munosib e’tirofidir.

Bugungi kunda Yunusovlar oilasi kitobxonlikni oilaviy qadriyat sifatida e’zozlab, ilm-ma’rifatli, Vatanga sadoqatli va komil avlodni voyaga yetkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ahillik, mehr-oqibat va kitobga muhabbat ustuvor bo‘lgan ushbu xonadon mehnat jamoasi hamda keng jamoatchilik uchun chinakam ibrat maktabiga aylangan.

Mazkur yutuqlari, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi va oilaviy kitobxonlik an’analarini e’tiborga olgan holda, Yunusovlar oilasi "Kitobxon oila" nominatsiyasiga munosib deb topildi.

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
6 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 10:20
OKMKda xalqaro standartlarga mos chiqindi saqlash ombori barpo etilmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mamlakatimiz mis sanoati tarixidagi eng yirik strategik investitsiya loyihalaridan biri — 3-Mis boyitish fabrikasi bosqichma-bosqich barpo etilmoqda. Ushbu majmuaning muhim infratuzilma obyektlaridan biri hisoblangan boyitish qoldiqlarini saqlash ombori ham zamonaviy muhandislik yechimlari asosida jadal sur’atlarda qurilmoqda.
BATAFSIL

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
5 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
вчера, 08:59
#Live
#Mustaqillik35 #Uzb35

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda ijodiy kechalar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda navbatdagi tadbir Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari uchun o‘tkazilmoqda.

Tadbirda taniqli shoir va jurnalist Salim Ashur boshchiligidagi ijodkorlar ishtirok etishayapti.
———
#Онлайн
#Независимость35 #Узб35

На Алмалыкском горно-металлургическом комбинате продолжается цикл духовно-просветительских мероприятий и творческих вечеров, посвящённых 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан.

В эти минуты очередная встреча проходит для трудовых коллективов медной обогатительной фабрики и медеплавильного завода.

В мероприятии принимают участие известные представители творческой интеллигенции во главе с поэтом и журналистом Салимом Ашуром.

Web-site|
YouTube|
Facebook*|
Telegram|
Instagram*|
X
7 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

AGMK - OKMK | Rasmiy kanal

28.2K
«Olmaliq KMK» AJ
O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy.
E-mail: info@agmk.uz
веб-сайт: www.agmk.uz
www.facebook*.com/agmkofficial
https://t.me/ao_agmk
https://www.instagram*.com/agmkofficial
Ishonch telefoni: 71 61 9 23 33
@agmk_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram