��
“OLTIN OVOZ” LOYIHASI – 2-BOSQICH YAKUNI
Kuni kecha Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Oltin ovoz” loyihasining 2-bosqichi – sahnaviy chiqishlar bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda ishtirokchilar she’r, monolog, qo‘shiq hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘zlarining ovoz tembri, nutq ravonligi, intonatsiya va sahna mahoratini namoyon etdilar. Har bir chiqish ijodkorlik va individual yondashuv bilan boyitilgani bilan ajralib turdi.
✨ Tanlov yakuniga ko‘ra, eng munosib deb topilgan 6 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘l oldi.
�� Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida notiqlik san’ati va ovoz madaniyatini rivojlantirish, iste’dodli va professional ovoz egalari zaxirasini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, loyiha orqali kelgusida:
• milliy kontentlar yaratish,
• badiiy va ilmiy asarlarni audiolashtirish,
• turli madaniy va media loyihalarda ishtirok etadigan malakali kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.
�� Kelgusi bosqich – FINAL
Final bosqichida ishtirokchilar uchun yanada qiziqarli va mas’uliyatli vazifa — dublyaj sinovi tashkil etiladi. Unda ular kino va multfilm parchalari asosida ovoz berish orqali o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
�� Final yakunida:
• barcha finalchilar “Oltin ovoz sohiblari” deb e’tirof etiladi;
• eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar I, II va III o‘rinlar bilan taqdirlanadi;
• g‘oliblar va faol ishtirokchilar bilan kelgusida turli ijodiy loyihalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Alisher Usmonov
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi
Web-site|YouTube|Facebook*|Telegram|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram