AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
@ao_agmk
Rasmiy bayonot
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — Oʻzbekiston Respublikasining strategik korxonasi boʻlib, uzoq yillar davomida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni taʼminlab, mamlakatimiz iqtisodiyotiga sezilarli hissa qoʻshib kelmoqda. Kombinat ekologik xavfsizlik borasidagi oʻz masʼuliyatini chuqur anglaydi va ekologik nazorat organlarining tavsiyalariga jiddiy yondashadi.
Joriy yilda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalariga kelsak, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan kompleks va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, kombinat faoliyati davomida toʻplangan texnogen chiqindilar tarkibida koʻplab foydali komponentlar, jumladan, qimmatbaho metallar, mis, rux va boshqa qimmatli elementlar mavjud. Mazkur chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha hozirda xorijiy korxonalar bilan ulardan qimmatbaho metallarni ajratib olish bo’yicha shartnomalar tuzilgan. Bu yaqin vaqt ichida chiqindilarni xavfsiz utilizatsiya qilish hamda qoʻshimcha qimmatbaho metallar olish imkonini beradi.
Angren kon boshqarmasining tozalash inshootlari boʻyicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Finlyandiyaning “EPSE Oy” kompaniyasi bilan hamkorlikda sanoat oqova suvlarini tozalash boʻyicha pilot loyiha oʻtkazildi hamda tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqildi. Bu esa tozalash samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
OKMK ekologiya masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib, ularni oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishi hamda korxonaning barqaror rivojlanishining muhim omili sifatida koʻradi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati
—————
Официальное заявление
АО «Алмалыкский ГМК» — стратегическое предприятие Республики Узбекистан, которое на протяжении десятилетий обеспечивает производство цветных и драгоценных металлов и вносит значительный вклад в экономику страны. Комбинат глубоко осознаёт свою ответственность за экологическую безопасность и серьёзно относится к рекомендациям органов экологического контроля.
Что касается результатов проведённых проверок в текущем году, то на сегодняшний день совместно с Национальным комитетом по экологии и изменению климата Республики Узбекистан разрабатываются комплексные и неотложные меры по охране окружающей среды и улучшению экологической обстановки.
Стоит отметить, что техногенные отходы, складируемые на протяжении всей деятельности комбината, содержат значительное количество полезных компонентов, в том числе драгоценных металлов, меди, цинка и других ценных элементов. По переработке этих отходов в настоящее время уже заключены договоры с зарубежными предприятиями по извлечению из них ценных металлов. Это в ближайшее время позволит безопасно утилизировать отходы и получить дополнительные объёмы ценных металлов.
По очистным сооружениям Ангренского рудоуправления также реализуется ряд мер. В частности , совместно с финской компанией EPSE Oy проведён пилотный проект по очистке промышленных сточных вод и разработан проект реконструкции очистных сооружений. Это позволит существенно повысить эффективность очистки.
АГМК придаёт первостепенное значение вопросам экологии, рассматривая их как ключевой приоритет в своей деятельности и основу устойчивого развития предприятия.
Информационная служба АО «Алмалыкский ГМК»
Web-site|YouTube|Facebook*|Telegram|Instagram*|X

58 7.4K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram