#oʻquv_mashgʻuloti
"Olmaliq KMK"AJ boshqaruv raisining 2026-yil 2-fevral sanasidagi 113-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va Favqulodda vaziyatlarda xodimlarning shayligini oshirish maqsadida kuni kecha Kovuldi kon boshqarmasida navbatdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Olmaliq KMK” AJ Fuqaro muhofazasi otryadi va Kovuldi kon boshqarmasining Fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kon hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik avariyalar va yong‘inlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, shuningdek, qutqaruv bo‘linmalarining o‘zaro harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashg‘uloti ssenariysiga ko‘ra, obyektda shartli ravishda avariya holati yuzaga kelib, uning oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan FM otryadi va kon qutqaruvchilari tezkorlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.
Jarayon davomida quyidagi muhim vazifalar amalga oshirildi:
Qutqaruv va evakuatsiya: Xavfli hududdan ishchi-xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Tibbiy yordam: Avariya natijasida “jabrlangan” deb topilgan xodimlarga voqea joyining o‘zida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular malakali tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Yong‘inni bartaraf etish: Yuzaga kelgan shartli yong‘in maxsus texnikalar va o‘chirish vositalari yordamida qisqa fursatlarda qurshab olinib, to‘liq o‘chirildi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, bo‘linmalarning bunday vaziyatlardagi tayyorgarligi baholandi.
———
#тактические_учения
Во исполнение приказа председателя правления АО «Алмалыкский ГМК» от 2 февраля 2026 года №113 и с целью повышения готовности работников к чрезвычайным ситуациям на днях в рудоуправлении «Каульды» прошли очередные тактические учения.
Учения были организованы совместно с отрядом гражданской защиты комбината и профильными подразделениями рудоуправления и прошли на высоком уровне.
Главная задача – отработать действия в случае возможных аварий и пожаров на территории рудника, а также улучшить слаженность работы спасательных служб.
По сценарию на объекте произошла условная авария, которая привела к возгоранию. Спасательные службы оперативно прибыли на место и сразу приступили к работе.
В ходе учений были отработаны ключевые действия: эвакуация персонала из опасной зоны, оказание первой помощи «пострадавшим» и оперативное тушение пожара. Условное возгорание удалось быстро локализовать и полностью ликвидировать.
По итогам мероприятия специалисты проанализировали действия участников и оценили уровень готовности подразделений к подобным ситуациям.
Web-site|YouTube|Facebook*|Telegram|Instagram*| X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram