Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Dmitriy Mironov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi.
Tashrif doirasida bugun delegatsiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati bilan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish hamda samarali mexanizmlarni joriy etish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, delegatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Rahbar kadrlarni baholash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ko‘zda tutilgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram