Davlat xizmatida halollik va masʼuliyat ustuvor vazifaga aylanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligida
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas'ul xodimlari sohada amalga oshirilayotgan strategik o‘zgarishlar, yangi yondashuvlar hamda ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Jumladan, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi, va jamoada halollik muhitini shakllantirish korrupsiyaning oldini olishda muhim omil sifatida qayd etildi.
Shu nuqtai nazardan,
Odob-axloq komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mustaqilligi va taʼsirchanligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishda
faqat nazorat choralarini kuchaytirish yetarli emasligiga oid masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga,
davlat xizmatlarini raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish va kuchli jamoatchilik nazoratini o'rnatish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram