Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yer, kredit kabi asosiy masalalari hal bo‘lgan
tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda to‘siqlarga uchrayotganiga alohida
to'xtalib o'tildi.
Tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan
yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanyapgani, lekin
byurokratiya, korrupsiya, sansalorlik ko‘pligi uchun qurilishni boshlash oylab, yillab cho‘zilayotgani tanqid qilindi.
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq
2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.
– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt!
– dedi
davlatimiz rahbari.
Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun
avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.
Toshkent shahrida
2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun
hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani
1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.
Hozirda
elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak.
1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini
yaratish vazifasi qo‘yildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram