Brifingda ta'kidlanganidek, 2025-yilda
ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati 43 taga yetkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
idoraviy hujjatlarni qabul qilishda ochiqlikni taʼminlash tamoyiliga qatʼiy rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazorat o‘rnatish mexanizmlari yanada takomillashtirildi.
2025-yilda
Parlament palatalarining barcha majlislari va
hududiy Kengashlar tomonidan o‘tkazilgan
559 ta sessiyalar, shuningdek, ilmiy kengashlarning
2.079 ta doktorlik ilmiy darajalari himoyasi jarayonlari telekanallar va Internet tarmog‘i orqal
i jonli efirga uzatildi.
Davlat idoralari va tashkilotlarining
ochiqlikka masʼul bo‘lgan 146 nafar xodimlari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida
7 ta o‘quv kurslari tashkil etildi.
Agentlikning davlat xizmatchilarini onlayn rejimda o‘qitishga mo‘ljallangan
“E-learning” elektron platformasidagi
interaktiv modullar soni 14 taga yetkazildi.
Mazkur platforma orqali davlat idoralarining
1320 nafar (820 nafar respublika va 500 nafar mahalliy) xodimlari o‘qitilib, ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram