“Korrupsiya: Buni hamma bilishi kerak” kitobiga bag‘ishlangan intellektual muloqot o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov va Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Saʼdullayev ishtirokida iqtisodchi
Rey Fisman va siyosiy fanlar bo‘yicha olima
Miriam A. Golden muallifligidagi
“Korrupsiya: Buni hamma bilishi kerak” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan
intellektual muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kitob
“1000KITOB” loyihasi doirasida
ilk bora o‘zbek tilida nashr etilgan bo‘lib, unda korrupsiya ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan xorijiy tajribalar asosida chuqur tahlil qilingan.
Asar korrupsiyaning
qayerda, nima sababdan va qanday shakllarda yuzaga kelishini sodda va tushunarli misollar orqali yoritadi.
Mualliflar korrupsiyani faqat alohida shaxslarning qonunbuzarligi sifatida emas, balki tizimli muammo sifatida talqin qiladi. Uning ildizlari nazorat mexanizmlarining yetarli emasligi, ochiqlik va shaffoflikning past darajasi bilan bog‘liq ekani qayd etiladi.
Shuningdek, jamoatchilik nazorati, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni alohida taʼkidlanadi.
Ochiqlik, hisobdorlik va raqamlashtirish korrupsiyani kamaytirishning muhim vositalari sifatida ko‘rsatiladi.
Yoshlar bilan muloqot davomida Agentlik direktori asarda ilgari surilgan
institutsional islohotlar va shaffoflik mexanizmlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
aksilkorrupsiya siyosati, ochiqlik va
raqamli nazorat tizimlari bilan uyg‘un ekanini qayd etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashni faqat jazo choralari bilan cheklash — muammoning ildiziga yetib bormaslik degani.
Shuning uchun biz bu illatga qarshi, avvalo, prevensiya, chuqur institutsional islohotlar va samarali boshqaruv orqali tizimli yondashuvni kuchaytirishimiz zarur. Eng muhimi, jamiyatda ijtimoiy masʼuliyatni oshirish va halollikni ustuvor qadriyatga aylantirish — bu boradagi eng taʼsirchan va barqaror yechimdir.
E'tiborlisi, mazkur kitobda ham aynan shu yondashuvlar ilmiy asosda keng yoritilgan
- dedi Akmal Burxanov
Uchrashuv yakunida “1000KITOB” loyihasi doirasida shu kabi ilmiy-ommabop adabiyotlar tarjimasini ko‘paytirish, shuningdek, yoshlar va ekspertlarning takliflarini inobatga olgan holda
korrupsiyaga qarshi kurash choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Kitobni to’liq holatda (elektron va audio shaklida)
"Mutolaa" ilovasi orqali o'qishingiz mumkin
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram