Sharof Rashidov tumanini “korrupsiyadan xoli” hududga aylantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh
Sharof Rashidov tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida asosiy eʼtibor davlat idoralari faoliyatini raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish hamda kadrlar siyosatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga qaratildi.
Tuman
maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan dars taqsimoti jarayonida inson omilini kamaytirish maqsadida
“EduTrack” axborot tizimi joriy etilgan. Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar tegishli elektron platformalar orqali muntazam eʼlon qilib borilmoqda.
Rahbar
xodimlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida bilim va malakalarini doimiy tarzda oshirib kelmoqda.
Ishchi guruhning
32-umum taʼlim maktabida olib borgan o‘rganishlariga ko‘ra, “GRACE” dasturi taʼlim jarayoniga izchil tatbiq etilmoqda.
Xususan,maktab kutubxonasida “
lib-edu.uz”
raqamli kutubxona tizimi joriy qilingan.
29-maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatida esa dastur doirasidagi ayrim vazifalar ijrosida kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, issiq ovqat tayyorlash xizmati autsorsing tizimiga o‘tkazilmagani, muassasa hududida videokuzatuv kameralari o‘rnatilmagani qayd etildi.
Dastur ijrosi doirasida
tuman tibbiyot birlashmasi
tizimida 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelayotgan
19 nafar rahbar
xodim
rotatsiya
qilingan. Bugungi kunda fuqarolar qabuli
elektron tartib
da amalga oshirilmoqda, xizmatlar “DMED” axborot tizimi orqali ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, muassasa va unga qarashli obyektlarda
videokuzatuv tizimi hamda
situatsion markaz tashkil etilgan. Monitorlar orqali korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish yakunlari hamda dastur ijrosiga oid muhim masalalar
Agentlik direktori,
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari
i
shtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokama davomida masʼul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha
shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram