avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
08.04.2026 17:16
Hozirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish, inson omilini cheklash hamda jazo muqarrarligini taʼminlash orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, sohadagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini avtomatik aniqlash hamda “qizil bayroq” (red flags) tizimlarini joriy etish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash choralarini ko‘ryapmiz.


“Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi doirasida esa davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini cheklash, yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi holatlari haqida har qanday shaxs tomonidan tezkor shikoyatlar yo‘llash imkoniyati yaratiladi.

Insofsiz ijrochilar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslarning benifitsiarlarini ham ushbu ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida sohada qonunbuzilishi holatlarining oldini olishga qaratilgan
 
“Davlat xaridlarida nazorat” sahifasini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda

— dedi Akmal Burxanov.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
35 4.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram