avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
08.04.2026 16:42
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov “O‘zbekiston davlat va korporativ xaridlari Forumi”da ishtirok etdi.

Davlat xaridlari ishtirokchilari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda xarid jarayonlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellektni qo‘llash, shaffoflikni ta'minlash, biznes va davlat sektori o‘rtasida ochiq va samarali hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Agentlik direktori o‘z maʼruzasida davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olishga oid o‘zgarishlar, shuningdek, joriy etilayotgan yangi mexanizm va yondashuvlar, ularning samarasi haqida maʼlumot berdi.

Forum doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat xaridlari ishtirokchilari assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni taʼminlash, halol raqobatni kuchaytirish hamda korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashishni takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli hamkorlikni nazarda tutadi.

Jumladan:
— davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish;
— xarid jarayonlarining shaffofligi va xolisligini oshirish;
— korrupsiyaviy xavf-xatarlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish;
— davlat xaridlari sohasi ishtirokchilarining huquqiy va kasbiy savodxonligini oshirish orqali ochiq, shaffof va halol davlat xaridlari tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish Tomonlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
21 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram