Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri
Sherzod Hidoyatov vazirlik tizimida
korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish, har bir rahbar va xodimni o‘z xizmat vazifalarini
halol va xolis bajarishga
chaqirdi.
Murojaatda ta'kidlanishicha, tizimdagi
har bir tashkilot, muassasa
rahbarlari hamda xodimlari korrupsion holatlarning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun shaxsan mas'ul ekanliklarini chuqur anglab yetishlari zarur.
Bugungi kunda qurilish sohasida loyiha va pudrat tashkilotlarini jalb qilish jarayonlari to‘liq elektron tender tizimi orqali, inson omilisiz amalga oshirilmoqda. Xarid komissiyalari o‘rnini raqamli platformalar egallab, jarayonlar shaffoflashdi va qog‘ozbozlikka barham berildi.
Natijada so‘nggi 4 yil ichida davlat xaridlari yo‘nalishida korrupsiyaviy holatlar bartaraf etildi. Shuningdek, sohada ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Murojaatda Vazirlik faoliyatiga oid
korrupsiyaviy xatti-harakatlar yoki qonunbuzarliklar haqida quyidagi aloqa vositalari orqali
murojaat yo'llash mumkinligi eslatib o'tildi:
📞 1298
☎️ (71) 210-11-04
(ichki 1066)
@QurilishKomplaensbot
📩
komplaens@mc.uz
Ma'lumot o'rnida:
Huquqiy eksperiment
doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazilgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram