Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov ishtirokida
О'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda bugungi kundagi korrupsiyaga qarshi kurash choralari, milliy va xorijiy amaliyot, shuningdek,
davlat xizmatchilari faoliyatida halollikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Agentlik direktori mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida korrupsiyaga qarshi samarali kurashishni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi, sunʼiy intellektga asoslangan “Xavf-tahlil markazi”, “Raqamli komplayens” platformalari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish klasteri va ularning dolzarbligi haqida maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, zamonaviy
davlat boshqaruvida halollik va masʼuliyat korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy omillaridan biri ekani alohida qayd etildi.
Qolaversa,
davlat xizmatida odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, amaliy tavsiyalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram