avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
03.04.2026 16:29
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida korrupsiyaga qarshi 30 kunlik favqulodda holat belgilandi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazirlik markaziy apparati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi — vazirlikning komplayens-nazorat bo'linmasi rahbari, tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar rahbar va masʼul xodimlari ishtirokida korrupsiya bilan bogʻliq holatlar yuzasidan tanqidiy yigʻilish o'tkazildi.

Unda kommunal sohada yuzaga kelayotgan tizimli kamchiliklar, xususan, “Shaffof qurilish” platformasi orqali qator yoʻnalishlar raqamlashtirilganiga qaramay, ayrim jarayonlarda inson omilining saqlanib qolayotgani keskin tanqid qilindi.

Bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boshqarma rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrildi, jumladan, hayfsan eʼlon qilindi.

Yigʻilishda mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida 30 kunlik favqulodda holat joriy etilishi belgilandi.

Mazkur davrda kommunal sohaning barcha yoʻnalishlarini toʻliq raqamlashtirish, inson omilini maksimal darajada cheklash boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.

Topshiriqlar ijrosini kechiktirgan yoki sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi.


Yigʻilishda korrupsiyaga qarshi murosasiz yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz,
huquqiy eksperiment
doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazilgan.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
16 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram