Asaka tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari
Umida Tuxtasheva boshchiligidagi Ishchi guruh Asaka tumanini
korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga qaratilgan kompleks dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
Jumladan, dastur doirasida Asaka tajribasi asosida yaratilgan hamda aholi gavjum joylar va bozorlarga o‘rnatilgan “Xalq qabulxonasining murojaatxonalari” faoliyati bilan tanishildi. Mazkur murojaatxonalar orqali fuqarolarga inson omilisiz, "aqlli infokiosk"lar yordamida o‘z murojaatlarini onlayn tarzda yozma yoki videomurojaat shaklida qoldirish imkoniyati yaratilgan.
O‘rganish mobaynida Ishchi guruh
tuman tibbiyot birlashmasida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish, tibbiy jihozlar va dori vositalari taʼminotini yaxshilash, ishga qabul jarayonida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, sohani raqamlashtirish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek,
41-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda
59-umumtaʼlim maktabida davomatni nazorat qiluvchi
“Face-ID” qurilmalarini joriy etish, ichki va tashqi hududlarda xavfsiz muhit yaratish maqsadida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “
GRACE
”
(global resource for anti-corruption education)
xalqaro dasturini joriy qilish bo‘yicha
targ‘ibot xonalari namunali tarzda tashkil etilgani
e'tirof etildi.
O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullar bilan tegishli chora-tadbirlar belgilandi, ayrim muammolar esa joyida hal etilishiga ko‘maklashildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram