Yoshlarning korrupsiyaga qarshi taklif va tashabbuslari e'tibor markazida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Akmal Burxanov Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurash jarayonlariga keng jalb etish maqsadida
Prezident tashabbusi asosida BMTning korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan global resursi — GRACE dasturi izchil joriy etilmoqda.
Xususan, 2025/2026 o‘quv yilida 10 mingdan ortiq maktabda 9 246 ta “Halollik to‘garagi" tashkil etildi.
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” platformasi orqali 4 million nafardan ziyod o‘quvchi va yoshlar bilim oldi.
2025-yilda
"Aksilkorrupsiya xakatoni”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida
#YoshXabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Uchrashuvning asosiy qismi
“WikiMarafon” loyihasi doirasida tashkil etilgan
“WikiAntiKorrupsiya” tanlovi ishtirokchilari bilan muloqotga bag‘ishlandi.
Tanlov Agentlik va BMT TDning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan
"O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimini mustahkamlash" qo‘shma loyihasi
doirasida o'tkazildi.
Unda
2 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi va yakunda
30 nafar g‘olib Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonlarida qatnashish uchun
moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.
Agentlik direktori tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari bilan suhbatda korrupsiya mavzusida Vikipediya maqolalarini yozish,
ishonchli manbalarni topish va ulardan samarali foydalanishdagi imkoniyat
hamda qiyinchiliklar yuzasidan ularning fikrlarini tingladi.
Shuningdek, kelgusidagi
yangi loyihalar uchun taklif va tashabbuslar, ularni amalga oshirishda Agentlik ko'magi muhokama qilindi, yoshlarga halollikka intilish, korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo'lish zarurati yuzasidan ham tavsiyalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram