avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
01.04.2026 19:07
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida “korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi o‘rganilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi Ishchi guruh Xo‘jaobod tumanini “korrupsiyadan xoli hududga aylantirish” bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Jumladan, tumandagi 31-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi va 28-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti misolida GRACE xalqaro taʼlim dasturining joriy etilishi hamda “Halollik darslari”ning o‘tkazilish jarayoni yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Tuman hokimligi mutasaddilari haftaning har juma kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilanganini qayd etdi. Ushbu kun doirasida tibbiyot, taʼlim, bandlik, kadastr, bank, savdo kabi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalardagi obyektlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining shaxsan tashriflari amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ishchi guruh tumandagi
“Do‘stlik” chegara o‘tkazish punkti
da bo'lib,
korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida
Xalq qabulxonasi faoliyatini tashkil etib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o'tkazish amaliyotini yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiyalar berdi.


O'rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, dasturning har bir bandi ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish hamda nazoratni qatʼiylashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
28 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram