XVJ missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning
Yassir Abdix boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda
Agentlik direktori Akmal Burxanov delegatsiya a’zolarini PF-270-son Prezident farmoni va unda belgilangan
2030-yilgacha aksilkorrupsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan,
raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishtirdi.
Ta’kidlanganidek, institutsional mexanizmlar sezilarli darajada mustahkamlanib, Agentlikning vakolatlari kengaytirildi, korrupsiyaga qarshi menejment tizimining Milliy standarti, Korrupsiyaning oldini olish klasteri va zamonaviy komplayens-nazorat mexanizmlari joriy etilmoqda.
Bundan tashqari,
davlat xaridlari sohasida ma’lumotlar tahlili va
sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Delegatsiya vakillari
“Raqamli komplayens” va “E-qaror” tizimlari faoliyatiga alohida qiziqish bildirdi.
Uchrashuv doirasida daromadlar deklaratsiyasini joriy etish, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilishning bo‘yicha qonunchilik asoslarini takomillashtirish va xalqaro reytinglarda O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
XVJ vakillari sohada amalga oshirilgan izchil va qat’iy islohotlarni yuqori baholab, ikki tomon hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram