avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
27.03.2026 18:35
Korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari va sud tizimida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda unga tenglashtirilgan sudlarning raislari uchun o’quv seminari o'tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizdagi aksilkorrupsiya siyosati, xususan, sud tizimida korrupsiyaning oldini olish va sohada shaffoflikni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Agentlik direktori bu yil Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda sudlar davlat hokimiyatining alohida bo‘g‘ini sifatida “korrupsiyadan xoli” tizimga aylanishi lozimligi yuzasidan belgilangan vazifalar irosi bo’yicha olib borilayotga ishlar to’g’risida ma’lumot berildi.


Jumladan, sudya va uning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qilish, komplayens-nazorat tizimini joriy etish, sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishning ochiq tartibini yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ochiqlikni taʼminlash maqsadida
“Raqamli sud” konsepsiyasi
asosida sohani raqamlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi ham muhokama qilindi.


Agentlik direktori tomonidan sudyaning kasbiy faoliyatida halollik va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalarida ham tavsiyalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
13 2.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram