Komplayens-nazorat tizimi uchun yagona kasbiy standart joriy etilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquq, arxiv va davlat xizmatlari sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi tomonidan
komplayens sohasidagi professional mutaxassislar uchun kasbiy standart ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Mazkur standartning
maqsadi — ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining kasbiy faoliyatini
yagona yondashuv asosida tartibga solishdan iborat.
Xususan, ushbu standart
komplayens-nazorat bo‘yicha menejer, tahlilchi, professional mutaxassis va rahbar xodimlarning funksional vazifalari, kasbiy kompetensiyalari, bilim va malakalariga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Mazkur kasbiy standartni quyidagi sohalarda joriy etish nazarda tutilgan:
▫️davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarida;
▫️ davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarda;
▫️mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarida;
▫️ ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi taʼlim muassasalarida;
▫️xodimlarni tanlash, joylashtirish, attestatsiyadan o‘tkazish, baholash va sertifikatlash jarayonlarida.
Ushbu kasbiy standartni ishlab chiqishda
davlat boshqaruvi sohasida mehnat bozori ehtiyojlari,
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir talablar, shuningdek, komplayens-nazorat sohasidagi
ilg‘or milliy va xalqaro amaliyotlar inobatga olingan.
“Komplayens sohasidagi professional-mutaxassislar” kasbiy standarti bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram