avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
14.03.2026 15:36
Agentlik jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Ushbu xayrli tadbir doirasida Agentlik joylashgan binoning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, hudud tozalandi, ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi.

Shuningdek, Agentlik hududida barpo etilgan bog‘ manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari bilan boyitilib, hududning ko‘rkamligi va ekologik muhiti yanada yaxshilandi.

Bunday ezgu tashabbuslarda Agentlik jamoasi kelgusida ham faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettiradi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
12 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram