avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
11.03.2026 14:56
OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida PF-87-son Prezident farmoniga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan davlat organlariga onlayn videoaloqa tizimi orqali murojaat qilish platformasi yaratilishiga oid jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, topshiriq ijrosiga mas‘ul — Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi buyurtmachiligida Platformani ishlab chiqish bo‘yicha 2022-yil 14-noyabr kuni boshlang‘ich narxi 737 mln so‘mlik tanlov o‘tkazilgan.

Mazkur davlat xaridida “E.” MChJ 710 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib, unga yagona raqib sifatida ishtirok etgan “I.” MChJ esa zaxira g‘olibi deb topilgan.

O‘rganish jarayonida ushbu ikki talabgorning hujjatlari maxsus axborot portaliga bir xil qurilma orqali, bir IP-manzildan yuklanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Platformaning App Storega joylashtirilgan mobil ilovasining ishlab chiqaruvchisi sifatida “I.U” jamoat birlashmasi qayd etilgan bo‘lib, o‘rganishlarda mazkur birlashma taʼsischisi B.S.S. zaxiradagi g‘olib - “I.” MChJning yagona rahbari va taʼsischisi ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Qolaversa, buyurtmachi tomonidan mazkur Platformani ishlab chiqish uchun “E.” MChJga to‘lab berilgan 710 mln so‘m mablag‘lar joriy xarajatlar sifatida aks ettirilgan bo‘lib, Platformani balansga qabul qilish choralari ko‘rilmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
27 3.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram