Davlat organlarining axborot tizimlari "Raqamli komplayens" dasturiy kompleksiga integratsiya qilinadi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida PF–270-son Prezident
farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini
“Raqamli komplayens”axborot dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o’tdi.
Qayd etilganidek, davlat organlari axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish, korrupsiya xavf-xatarlarini avtomatik tarzda aniqlash hamda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Uning doirasida
82 ta davlat organi axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Ushbu choralarni samarali amalga oshirish va tegishli axborot tizimlarini takomillashtirish bo’yicha
idoralararo Ishchi guruh faoliyati yo’lga qo’yildi.
Muhokamalar davomida Ishchi guruh aʼzolari tomonidan davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo maʼlumot almashinuvini avtomatlashtirish, komplayens-nazorat bo‘linmalari faoliyatini raqamlashtirish hamda tahlil jarayonlarida sunʼiy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida axborot tizimlarini "Raqamli komplayens" axborot dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram