avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
05.03.2026 18:07
Agentlik direktori yoshlar bilan muloqot qildi

Davlat rahbarining 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirish vazifasi berilgan edi.

Shuningdek, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Bugun Agentlik direktori Akmal Burxanov unga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning kasb-hunar va zamonaviy ixtisosliklarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganish orqali raqobatbardoshligini oshirishi, munosib ishga joylashishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.


Dastlab Agentlik direktori mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari, reja va maqsadlari tinglandi.

Shuningdek, ularning muammolariga yechim topishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.

Muloqot yakunida har bir yosh uchun aniq reja va maqsadlar shakllantirilishi, kelgusida bunday qo‘llab-quvvatlash tizimli va doimiy asosda davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
13 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram