avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
04.03.2026 18:29
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosida “Taʼminot va logistika xizmati” UK buyurtmachiligida o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 22,4 mlrd so‘mlik tenderda g‘oliblari — “V.E.T. S.” va “M.G.” MChJlar o‘rtasidagi shubhali bog‘liqliklar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlandiki, “M.G.” MChJ rahbari 2025-yil 4-dekabrga qadar, yaʼni ushbu eʼlon davlat xaridlari maxsus axborot tizimiga joylashtirilgan paytda “V.E.T.S.” MChJda yagona taʼsischi va rahbar bo‘lgan.

Shuningdek, yana bir shaxs 2024-yil 26-aprelga qadar “V.E.T.S.” MChJda, 2021-yil 29-dekabrgacha esa “M.G.” MChJda rahbar va taʼsischi sifatida faoliyat yuritgan.


Shu bilan birga, ushbu affillangan shaxslar buyurtmachi tomonidan 2025-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 93,0 mln so‘mlik davlat xaridida ham g‘olib va zaxira g‘olibi deb topilganligi maʼlum bo‘ldi.

Qayd etilgan holatlarda
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi
qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining
“Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”
gi 276-son qarorning bir qator talablari buzilgan.


Shu bois Agentlik tomonidan buyurtmachiga yuqorida qayd etilgan davlat xaridlari natijalarini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Hujjatlar “Taʼminot va logistika xizmati” UK mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
47 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram