avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
03.03.2026 17:09
“Chorsu” dehqon bozorida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Chorsu” dehqon bozorida xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish, ehtimoliy korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari o‘rganildi.

Bozorda savdo rastalarini tadbirkorlarga ijaraga berish hamda barcha to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish tizimi “Click bozor” ilovasi orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bozor hududiga avtoraqam va yuzni tanib oluvchi kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

O'rganish davomida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, raqamli tizimni soddalashtirish va qo‘shimcha funksional imkoniyatlarni joriy etish bo‘yicha takliflar olindi. Ushbu takliflar asosida dasturiy taʼminotni takomillashtirish va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida bozor hududidagi barcha, jumladan, bo‘sh turgan savdo rastalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni monitorlar hamda “Click bozor” ilovasi orqali real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish zarurligi taʼkidlandi.

Savdo rastalarini olishda tamagirliklarning oldini olish maqsadida muddatli (oylik, choraklik va yillik) to‘lov tizimini joriy etish, shuningdek, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qisqa muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, to‘lovlarni naqd pul shaklida qabul qilish amaliyotiga barham berish choralarini ko’rish lozimligi taʼkidlandi.

Ushbu yo‘nalishda ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
74 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram