avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
02.03.2026 19:09
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarida xorijiy xizmat safarlari, ular bo‘yicha maʼlumotlarning ochiqlanishi va belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida viloyatning Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklari mansabdor shaxslari tomonidan xizmat safarlariga yaqin qarindoshlari, shuningdek, safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodimlar yuborilganligi holatlari aniqlandi.

Xususan, Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlarining professional fermerlari uchun tashkil etilgan seminarga Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi M.T. hamda hokimning o‘g‘li D.D.lar xizmat safariga yuborilgan.

Bundan tashqari, Xitoyda tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qayta ishlashni tashkil etish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida Qo‘shrabot tumanidagi sohaga aloqador hokimlik vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif etilganligi ko‘rsatilib, 32 nafar shaxsdan iborat delegatsiya tarkibi (ro‘yxat) taqdim etilgan.

Biroq, ro‘yxatni o‘rganish davomida ayrim delegatsiya vakillari, jumladan, tuman hokimining turmush o‘rtog‘i M.Sh., hokimlik boshqa mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi Ch.H.lar ro‘yxatga asossiz ravishda kiritilganligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, ro’yxatdagi N.X. va M.S.lar Qo‘shrabot tumanidagi 1-son texnikum xodimlari sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida ular ushbu texnikumda ishlamasligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xorijiy xizmat safariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Masalan, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo shartnomalari bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishish maqsadida 2025-yilning 22-30-may kunlari Xitoyga xizmat safari tashkil etilib, delegatsiya tarkibiga safar maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligi bo‘lmagan hokimlik xodimi ham kiritilgan.

Shu kabi, Davlat Rahbarining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmonida mansabdor shaxslarning xorijiy xizmat safarlari haqidagi axborotlar ochiq e’lon qilinishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, Kattaqo‘rg‘on hamda Qo‘shrabot tuman hokimliklari tomonidan ushbu ma’lumotlar asossiz ravishda yashirilganligi aniqlandi.


O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralarni qatʼiy davom ettiradi.


Shuningdek, Agentlik ushbu yo'nalishda OAV, jurnalistlar, blogerlarning faol pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular bilan ochiq va konstruktiv hamkorlikka har doim tayyor.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
79 8.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram