avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
28.02.2026 13:18
Sessiyalarda jonli translyatsiyani to‘liq yo‘lga qo‘ygan kengashlar rag‘batlantirilmoqda

Xabar qilinganidek, PF-6247-son Farmoniga asosan 2025-yilda o‘tkazilgan sessiyalarning barchasini internet tarmog‘i orqali to‘liq jonli efirda uzatish ta’minlagan mahalliy kengashlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

Agentlik rahbariyatining hududlarda o‘tkazayotgan o‘rganishlari davomida ana shunday faol kengashlarga Agentlik direktorining tashakkurnomalari topshirilmoqda.


Xususan, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini jamoatchilikka ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda yetkazilishini ta’minlab kelayotgani uchun Sirdaryo viloyatining Sardoba hamda Buxoro viloyatining Romitan tumanlari kengashlari taqdirlandi.

Mazkur kengashlar tomonidan sessiyalarni jonli efirga uzatishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki amaldagi qonunchilik talablari asosida jamoatchilik uchun
qulay va ochiq shaklda translyatsiya
qilinishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
21 3.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram