avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
27.02.2026 12:43
Ochiqlikni taʼminlashda faol bo‘lgan mahalliy Kengashlar alohida eʼtirof etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan PF-6247-son Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarining 2025-yil davomida telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilish holati tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, bir qator mahalliy kengashlar tomonidan bu borada namunali amaliyot yo‘lga qo‘yilib, o‘tgan yilda o‘tkazilgan sessiyalarning barchasi to‘liq internet tarmog‘i orqali jonli efirda uzatilishi taʼminlangan.


Sessiyalarni jonli efirga uzatishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki amaldagi qonunchilik talablari asosida jamoatchilik uchun qulay va ochiq shaklda translyatsiya qilinishiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Shunga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini jamoatchilikka ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilgan holda yetkazilishini taʼminlab kelayotgani uchun Surxondaryo viloyatining Boysun, Angor tumanlari kengashlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
15 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram