Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekistonning natijalari va mamlakatimiz o‘rnini mustahkamlash yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Transparency International tashkilotining
Korrupsiyani qabul qilish indeksi (CPI) joriy yil natijalari hamda O‘zbekistonning indeksdagi o‘rni bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xalqaro va milliy ekspertlar, jumladan,
Transparency International Latvia, Transparency International Qirg‘iziston va Transparency International Qozog‘iston vakillari, shuningdek Agentlik huzuridagi
Jamoatchilik kengashi hamda Ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirok etdi.
Transparency International Secretariatning tadqiqotlar bo‘yicha eksperti R.Kukutshka taʼkidlashicha, tashkilot baholash jarayonida qisqa muddatli o‘zgarishlarga emas, balki uzoq yillik umumiy tendensiya va ahamiyatli dinamikaga eʼtibor qaratadi. CPI maʼlumotlari har yili to‘liq yangilanmaydi va ayrim manbalar bo‘yicha bir yilgacha kechikishlar mavjud.
Transparency International vakilining taʼkidlashicha,
2012-yildan buyon mazkur manbalarning kamida beshtasi O‘zbekiston bo‘yicha ijobiy siljishni qayd etgan. Xususan:
Bertelsmann Foundation indeksi 2012-yildagi 15 balldan 30 ballgacha oshgan;
Global Insights Country Risk reytingi 11 balldan 32 ballga yetgan;
PRS International Country Risk Guide oxirgi to‘rt yilda 10 balllik o‘sishni ko‘rsatgan;
World Bank CPIA ko‘rsatkichi 12 balldan 39 ballgacha yaxshilangan;
World Justice Project tadqiqotlarida ham ijobiy kayfiyat qayd etilgan.
Ayrim manbalar — jumladan,
Freedom House, Economist Intelligence Unit, Varieties of Democracy va World Economic Forum — ko‘rsatkichlarida katta o‘sish kuzatilmagan yoki ayrim pasayishlar mavjud. Biroq, Transparency International buni
tabiiy statistik tebranish deb baholaydi.
Davra suhbatida O‘zbekistonning natijalari va kelgusidagi imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. 182 davlat orasida O‘zbekiston CPI ko‘rsatkichi statistik jihatdan sezilarli yaxshilangan 31 ta davlat qatoriga kirgani ijobiy baholandi hamda yana o‘sish imkoniyatlari yuqoriligi alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida Transparency International vakillari tomonidan O‘zbekistonning Indeksdagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.
Jumladan, sud hokimiyati mustaqilligini kuchaytirish, siyosiy qaror qabul qilish jarayonlarida noqonuniy taʼsirlarni cheklash, davlat moliyasi shaffofligini oshirish, erkin OAV va faol fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek korrupsiya haqida xabar berish uchun xavfsiz fuqarolik muhitini yaratish muhimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram