avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
26.02.2026 19:46
2030-yilgacha mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya loyihasi muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida fuqarolik jamiyati institutlari,nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xalqaro va milliy ekspertlar, shuningdek Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Ekspertlar kengashi aʼzolari uchun 2030-yilgacha mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya loyihasi taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, Milliy strategiya loyihasi yangi tahrirdagi "O‘zbekiston — 2030 strategiyasi"da belgilangan ustuvor maqsadlarga asoslanib, korrupsiyaga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va samarali amalga oshirish mexanizmlarini qamrab olgan.

Taqdimotda institutsional asoslarni takomillashtirish, raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan foydalanishni kengaytirish, davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV rolini kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifa va maqsadlar haqida batafsil maʼlumot berildi.


Fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, Transparency International Latvia, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlar Strategiya loyihasi, uni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalarni atroflicha muhokama qilib, o‘z tajribalari bilan faol o‘rtoqlashdilar.

Ekspertlar fikricha, Strategiyadagi vazifalarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qilish idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xalqaro tashkilotlarning hamkorligi va faol ishtiroki nihoyatda muhim ahamiyatga ega.


Ishtirokchilar tomonidan Milliy strategiya loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
20 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram