avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
25.02.2026 20:47
Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” dasturi ijrosi o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, tumandagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida GRACE ta’lim dasturining joriy etilishi va “Halollik darslari”ning o‘tilish jarayoni yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Mas’ullar ma’lumotiga ko‘ra, shu paytgacha tuman miqyosidagi 41 ta umumiy ta’lim muassasasida “O‘quvchi yoshlar – halollik tarafdori” 10 kunligi tashkil etilgan.


Shuningdek, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida fuqarolarni ish bilan ta’minlash sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Bandlik sohasida korrupsiyaviy xavf omillari, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralariga doir fikr almashildi.

Tuman tibbiyot birlashmasidagi o'rganishlarda bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlash bo'yicha ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da sog‘liqni saqlash tizimida vakant lavozimlarga tanlovsiz ishga qabul qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagani va samarali monitoring taʼminlanmagani qayd etildi.

Xalq banki filiali
misolida kredit mablag‘lari va subsidiyalar ajratish jarayonida
shaffoflikni ta’minlash
, aholining xabardorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.


Bundan tashqari, tumanda kadastr sohasini raqamlashtirish, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari ham mas’ullar bilan muhokama qilindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
30 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram