avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
21.02.2026 14:57
Pop tumanida korrupsiya xavfi yuqori sohalar o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Pop tumanida “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” dasturi ijrosini korrupsiyaviy xavfi yuqori sohalar misolida o‘rgandi.

“Pop dehqon bozori”da savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar ko‘rilishi bilan tanishildi.

1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni to‘liq autsorsing asosida yo‘lga qo‘yish, sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xavfsiz muhit yaratish uchun videokuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tuman tibbiyot birlashmasida aholiga qulay sharoit yaratish, bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari taʼminotini yaxshilash, ishga qabulda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullar bilan choralar belgilandi, ayrim muammolar joyida hal etilishiga ko’maklashildi.
——
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
22 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram