avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
вчера, 12:43
#Qabul_2026
#Texnikum_bitiruvchilari

Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat va imtihon jarayonlari xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, texnikum bitiruvchilarining ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.

Bugun Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Buxgalteriya hisobi, Bank ishi hamda Marketing ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning soha bo‘yicha va umumiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Abituriyentlar institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Suxrob Aliyev boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan suhbat asosida baholandi.

Jarayonlarning shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.

Suhbat natijalari bugunning o‘zida kanalimiz orqali e’lon qilinadi.

Andijon davlat texnika instituti — shaffof va adolatli qabul jarayonlari tarafdori!

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
4
3 16 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali

5.5K
Andijon davlat texnika instituti/
Андижанский государственный технический институт/
Andijan State Technical Institute

Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
Открыть в Telegram