avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
23.04.2026 14:24
Hisob palatasi moliyani boshqarishda maslahatchi, jinoyatga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan moliyaviy tartibsizliklarni oldini olishga intilayotgan tashkilot sifatida o‘zgarmoqda.

Konstitutsiyaga ko‘ra Hisob palatasi faqat Qonunchilik Palatasiga hisobot beradi.

Bu vakolatni jiddiy mas’uliyatidan kelib chiqib fraksiya a’zolari hisobotdan kamchilik izlamasdan, hisobotni saylovchilarimizga yanada tushunarli bo‘lishi uchun qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar berdilar.

@alisherQodir
👍 42
🔥 11
🤔 1
11 3.8K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
15.04.2026 12:12
Iqtidorlilarni muvaffaqiyatlilarga aylantirish formulasini O‘zbekistondagi shaxmat siyosatida ko‘rish mumkin: soha uzoq va ko‘p zarar keltirgan tortishuvlardan keyin,“minnattalab davlat puli himoyachilari” - byurokratlardan qutqarilib, bevosita Davlat rahbari boshchiligidagi qo‘llab-quvvatlash tizimi va aniq maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan qobiliyatlilar o‘rtasida hamkorlikka erishildi… Natijada, o‘zbek shaxmatchilari dunyoda eng kuchlilardan biri…

Nega o‘zbek muhandis, biolog, ximik, fizik yoki arxitektorlari bilan faxrlanolmayapmiz? Davlat bu sohaga kam xarajat qilayotgani yo‘q…

@alisherQodir
👍 54
🔥 26
🤔 2
14 1.3K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
14.04.2026 12:49
“Milliy tiklanish” partiyasining korrupsiyaga qarshi kurashishda tarbiya va ta’limning ustuvor o‘rni haqidagi g‘oyasi qonunchilikda aks etmoqda.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga qo’shimcha sifatida ta’lim-tarbiya jarayonida ta’minlanishi shart bo‘lgan ko‘nikma - “bolalarda halollik tuyg‘usini shakllantirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash” talabi kiritilmoqda.

Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizidagi "Tarbiya pedagogikasi milliy instituti" bu maqsadga olib boradigan, qadriyatlarga tayangan pedagogik usulni ishlab chiqishi kerak.

@alisherQodir
👍 49
🔥 17
🤔 2
30 2.2K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
10.04.2026 20:39
Sotqin sanab otilishiga loqayd bo‘lganimiz Abdulla Qodiriyni tavallud topgan kunida xotirlaymiz va haqiga duo qilamiz.

Tariximizdan xulosa qilishimiz, o‘zligimiz va o‘zimiznikilarni qadrlash va qo‘llashni o‘rganishi kerak bo‘lgan xalqmiz…

@alisherQodir
🔥 77
👍 41
🤔 3
45 5K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
09.04.2026 21:00
Payshanba - yoshlar bilan uchrashuv kuni. Bu kun Sohibqiron Amir Temurning tavallud kuniga to‘g‘ri keldi.

Renessans ta’lim muassasasi talabalar va ustozlar jamoasi bilan uchrashuv juda maroqli, keng va samarali o‘tdi.

Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya masalasidagi jiddiy tadqiqotlar partiya va oliygoh orasida bu sohada foydali hamkorlikka imkoniyat yaratmoqda.

#kuchadolatda
#amirtemur690yil

@alisherQodir
👍 40
🔥 16
25 2.6K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
09.04.2026 07:10
Tasavvur qiling, Amir Temur bugungi super davlatlardan biriga rahbarlik qilganida…

Shubhasiz, manfaatlar uchun raqobat, resurslar uchun kurash va kuchning ahamiyati yo‘q bo‘lib qolmas edi, lekin aniqki, davlatlararo munosabatlarda g‘urursiz va pastkash ikki xil standartlar, ochofat maqsadlar uchun aybsiz ayollar va bolalarni qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmas edi.

Dunyo qudrat va farovonlikning  manbai va sharti mutlaqo adolat ekanligiga ishonch bilan tarbiyalangan Temurlarga jiddiy tanqislik his qilmoqda...

#kuchadolatda
#amirtimur690yil

@alisherQodir
👍 62
🔥 29
🤔 1
40 3.5K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
07.04.2026 13:12
Hanuzgacha sovet davri mezonlariga ko‘ra ishlayotgan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi boshlandi. Harbiy xizmatchi o‘zi va oilasini ijtimoiy himoyalanganidan shubhalanmasligi kerak!

Qonunni qabul qilish davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini taqozo qiladi. Albatta bu xarajatlar soliqlar hisobidan bo‘ladi.

Xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq to‘lashi shart!

Harbiylar tushunarli, tug‘ilganimizda yuvib-tarab qo‘ygan doya xoladan boshlab, hammamizni albatta boradigan joyimiz - qabristonlarni ozoda tutishga mas’ul amakigacha soliqlar hisobiga haq oladi va daromadidan soliq to‘laydi.

Soliqdan qochish yoki soliq to‘lamaslikni targ‘ib qilish birovning haqiga xiyonat va davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanishi kerak.

Harbiy xizmatchilar Vatan himoyasida mustahkam tursinlar, qonun yangi tahrirda, birinchi o‘qishda ma’qullandi, lekin jamiyatni ayrim qatlamlarida davlatparvarlikni kuchaytirish uchun faqat targ‘ibot emas, qonunchilikni takomillashtirish haqida ham o‘ylash kerak ekan…

@alisherQodir
👍 68
🔥 21
🤔 3
16 2K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
31.03.2026 17:30
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko‘pchilik ovoz bilan o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. “El-yurt umidi” fondi belgilangan muddatda ilmiy ishini himoya qilolmagan doktorantini sudga berish va qilingan xarajatlarni foizlari bilan qaytarib olish uchun imtiyozli murojaat huquqiga ega bo‘lmoqda!

Fond suddagi g’alabasi bilan o‘zi tanlab olgan doktorantni ilmiy intilishi yarimida sindirilgan, davlatdan o‘n minglab dollar qarzdor, norozi, birinchi imkoniyatdayoq xorijga chiqib ketish yo‘lini izlaydigan “umidsiz”ga aylantirib beradi.

Bakalavrni tushunsa bo‘ladi, diplom ololmadimi, demak o‘qimagan, lekin ilmiy tadqiqot butunlay boshqa jarayon-ku?

Xalqaro tajriba ko‘rsatadiki davlatlar ilmiy tadqiqot masalasida olimlarni rag‘batlantirishdan manfaat ko’radi. To‘g‘ri, muddat albatta bo‘ladi, lekin olim yangilik yaratish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyat kerak ekanligini asoslab bersa nega uni jazolash kerak?

Menimcha Fond davlat pulini qaytarish bilan, ilmiy tadqiqotga investitsiya qilish maqsadlarini adashtirib yubormoqda.

Bu adashish “Umid”da bo‘lganidek xalqimiz kutayotgan umidlarini xorijdan izlab yurishimizga olib kelmasa bo’ldi. Qolaversa, bu oddiy talaba emas, olimni yo’qotish bo’ladi va zarari pul bilan o’lchanmaydi.

@alisherQodir
👍 113
🔥 46
🤔 15
178 5.2K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
27.03.2026 16:56
Mamlakatimizda o‘rta ma’lumotli, xalqaro darajada e’tirof etiladigan mutaxassislar tayyorlashning ahamiyatidan kelib chiqib, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 3-sonli texnikumida sharoitlarni yaxshilash maqsadida tashabbus qilingan qurilish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish loyihasini qo‘llab quvvatladim.

Davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan, loyihalarni fuqarolarning tanlovi asosida moliyalashtirish - Tashabbusli byudjet instituti o‘zini to‘liq oqladi.

Deputatlar tanlovi bilan moliyalashtiriladigan “ikkinchi imkoniyat” esa bu tajribani yanada samaraliroq va xalqchil qilmoqda.

@alisherQodir
👍 43
🔥 21
🤔 2
25 3.9K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
21.03.2026 16:07
Navro‘z tantanalari doimgidek ajoyib edi. Ayniqsa, Amir Temur sahnasi juda jonli chiqdi, rostdan ham oldimdan Sohibqiron o‘tib ketgandek bo‘ldi

Bolalar esa doimgidek juda baxtli va jo‘shqin edilar.

Urush qilayotgan yetakchilarni O‘zbekistondagi Navro‘z tantanalariga taklif qilish zarur, deb o’ylayman, tinchlikda halovatli xalq va baxtli bolalarni ko‘zlari bilan ko‘rishlari kerak.

@alisherQodir
Telegram
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Bugun bahorni sog‘ingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda. — Президент Шавкат Мирзиёев: Наши сердца, с нетерпением ожидавшие весну, стучат в унисон с ритмами нового дня, новой жизни. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥 41
👍 32
6 2.6K
avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
20.03.2026 06:23
Ruhan va ma'nan poklanish bayrami - Ramazoni sharif bilan
boshlanayotgan yangi kun - Navro'z xonadonlarimizga
tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka olib kelsin!

Vatanimiz qudratli, xalqimiz farovon bo'lsin!

@alisherQodir
👍 64
🔥 30
🤔 1
15 3.6K

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram