“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko‘pchilik ovoz bilan o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. “El-yurt umidi” fondi belgilangan muddatda ilmiy ishini himoya qilolmagan doktorantini sudga berish va qilingan xarajatlarni foizlari bilan qaytarib olish uchun imtiyozli murojaat huquqiga ega bo‘lmoqda!
Fond suddagi g’alabasi bilan o‘zi tanlab olgan doktorantni ilmiy intilishi yarimida sindirilgan, davlatdan o‘n minglab dollar qarzdor, norozi, birinchi imkoniyatdayoq xorijga chiqib ketish yo‘lini izlaydigan “umidsiz”ga aylantirib beradi.
Bakalavrni tushunsa bo‘ladi, diplom ololmadimi, demak o‘qimagan, lekin ilmiy tadqiqot butunlay boshqa jarayon-ku?
Xalqaro tajriba ko‘rsatadiki davlatlar ilmiy tadqiqot masalasida olimlarni rag‘batlantirishdan manfaat ko’radi. To‘g‘ri, muddat albatta bo‘ladi, lekin olim yangilik yaratish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyat kerak ekanligini asoslab bersa nega uni jazolash kerak?
Menimcha Fond davlat pulini qaytarish bilan, ilmiy tadqiqotga investitsiya qilish maqsadlarini adashtirib yubormoqda.
Bu adashish “Umid”da bo‘lganidek xalqimiz kutayotgan umidlarini xorijdan izlab yurishimizga olib kelmasa bo’ldi. Qolaversa, bu oddiy talaba emas, olimni yo’qotish bo’ladi va zarari pul bilan o’lchanmaydi.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram