Hanuzgacha sovet davri mezonlariga ko‘ra ishlayotgan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi boshlandi. Harbiy xizmatchi o‘zi va oilasini ijtimoiy himoyalanganidan shubhalanmasligi kerak!
Qonunni qabul qilish davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini taqozo qiladi.
Albatta bu xarajatlar soliqlar hisobidan bo‘ladi.
Xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq to‘lashi shart!
Harbiylar tushunarli, tug‘ilganimizda yuvib-tarab qo‘ygan doya xoladan boshlab, hammamizni albatta boradigan joyimiz - qabristonlarni ozoda tutishga mas’ul amakigacha soliqlar hisobiga haq oladi va daromadidan soliq to‘laydi.
Soliqdan qochish yoki soliq to‘lamaslikni targ‘ib qilish birovning haqiga xiyonat va davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanishi kerak.
Harbiy xizmatchilar Vatan himoyasida mustahkam tursinlar,
qonun yangi tahrirda, birinchi o‘qishda ma’qullandi, lekin jamiyatni ayrim qatlamlarida davlatparvarlikni kuchaytirish uchun faqat targ‘ibot emas, qonunchilikni takomillashtirish haqida ham o‘ylash kerak ekan…
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram