Sud hurmati himoya qilinishi kerak.
Sud chaqirganida kelmaydiganlarga jarima belgilanmoqda.
Sud qarorlarini tortishish, noto‘g‘ri ekanligini asoslash mumkin, lekin sudni rad etish alternativ muhokama maydoni yoki imtiyozli adolat mezoni borligini ko‘rsatadi va bu jiddiy muammo.
Sudga sababsiz kelmagan tomonga jarima emas, MJtKning 180-moddasiga qo‘shimcha sifatida 15 sutka qamoq, takrorlansa ozodlikdan mahrum qilish darajasidagi jazo haqidagi taklifimiz qabul qilinmadi.
Biz ham tortishmadik. Fikrimizcha, sud tizimini o‘zi ham bu qadar keskin yondashuvga tayyor emas.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram