avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
19.01.2026 19:17
O’zbekistonning Tinchlik kengashidagi ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida xalqlarni birlashtirishga erishgan Prezident Mirziyoyev tashqi siyosati misolida O’rta Sharqda ham takrorlanishi mumkin.

Uzoq davom etayotgan insoniyat razolatini barham topishiga umid uyg’otayotgan kengash…

@alisherQodir
Telegram
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushdi. Maktubda qayd etilishicha, ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentabrda e’lon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslanadi. Tashabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma - Tinchlik kengashini tuzishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasiga Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etildi. Davlatimiz rahbari amerikalik hamkasbiga javob maktubini yo‘llab, unda O‘zbekiston Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyorligini bildirdi. Prezidentimiz o‘z maktubida ushbu tashabbusga Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik nizolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini ta’kidladi. — Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву поступило официальное приглашение от Президента Соединённых Штатов Америки Дональда Трампа присоединиться к международной инициативе по укреплению мира на Ближнем Востоке и урегулированию конфликтов. В обращении отмечается, что инициатива основана на Комплексном плане по прекращению конфликта в Газе, объявленном 29 сентября 2025 года и поддержанном мировыми лидерами, а также одобренном резолюцией Совета Безопасности ООН №2803 от 17 ноября 2025 года. Ключевым элементом инициативы является создание Совета мира – новой международной структуры, призванной объединить государства, готовые взять на себя ответственность за формирование долгосрочного мира, стабильности и безопасности. Республике Узбекистан предложено присоединиться к Совету мира в качестве государства-учредителя. Глава нашего государства направил американскому коллеге ответное письмо, в котором выразил готовность Узбекистана присоединиться к Совету мира в качестве государства-учредителя. В своем послании Президент нашей страны отметил, что данная инициатива рассматривается как важный шаг в решении многолетних конфликтов на Ближнем Востоке, обеспечении мира и стабильности в обширном регионе. Facebook|Instagram|X
👍 54
🔥 22
7 4.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram