avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
13.01.2026 20:15
Davlat rahbarining Xavfsizlik kengashi majlisidagi ma’ruzasi ko’pgina masalalarga oydinlik kiritdi.

Dunyo inqirozlar davriga kirmoqda. Bu qancha davom etadi va qanday yakunlanadi, taxmin qilish mumkin emas.

Demak, milliy taraqqiyot uchun yoshlarni nafaqat bilimli, hunarli va raqobatbardosh, balki jasur, intizomli, sog’lom va harbiylardek fikrlay olishi ham zaruratga aylanmoqda.

Bundan buyon virtual, sun’iy va yuqori texnologiyalar nafaqat daromad ko’rish, balki vatan sarhadlari va manfaatlarini himoya qilish uchun ham hayotiy ahamiyatga ega bo’ladi.

Taklifimni takrorlamoqchiman, maktablardagi chaqiruvga tayyorlash fani mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish va maktabni tugatgan bolalarni (oliygohga kirganlar va sog’lik bilan muammosi bo’lganlar mustasno) 1-1,5 yillik harbiy xizmatga jalb qilish tizimi haqida o’ylab ko’rish kerak.

Bu faqat harbiy xizmat emas, yoshlarni hayotga, davr chaqiruvlariga tayyorlash tizimi sifatida ham o’zini oqlaydi.

@alisherQodir
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
👍 154
🔥 90
😐 8
🤔 5
42 8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram