Rus shovinistlarining chiqishlari, yangi muammo emas. Xalqaro huquq asoslarini buzishga da’vat, Markaziy Osiyoda harbiy harakatlar haqidagi provokatsiyani sovuqqonlik bilan qabul qilish kerak.
O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hamda barcha do’st davlatlar bilan xalqaro huquqning e’tirof etilgan tamoyillari asosida hamkorlik qilish davlat siyosatining ustuni bo‘lib qolaveradi.
Rossiya OAVlarida tinmayotgan bayonotlar ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasidagi munosabatlar ruhiga nafaqat zid, balki buzuvchi ta’sir ko’rsatmoqda.
Markaziy Osiyo xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik mintaqasi, o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan jadal taraqqiyot va hamkorlik makoni bo’lish bilan birga, har qanday tajovuzga jiddiy javob berishga qodir, qondosh davlatlar bir bo’lgan hudud hamdir!
Solovyovni bepusht chiqishi uning chorasizlik va majruhlik darajasidan dalolat bermoqda, xolos.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram