Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Taraqqiyot blogi”majlisida Prezidentning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojaatida mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi belgilangan ustuvor yo’nalishlar tahlil qilindi.
Birinchi yo‘nalish – mahalla islohotlarning drayveri bo‘lishi kerak. Yangi O‘zbekistonning qiyofasi mahallalardan ko‘rinishni boshlaydi.
Ikkinchi yo‘nalish – iqtisodiyotimiz zamonaviy o‘sish to‘lqiniga uyg‘unlashishi zarur. Standartlar, texnologik talablar va innovatsion yondashuv bu uyg‘unlikni ta’minlashi kerak.
Uchinchi yo‘nalish – ichki bozorni ishlab chiqarish va iste’mol qobiliyati yangi davr darajasida rivojlanishi zarur.
To‘rtinchi yo‘nalish - kasblar va mehnat bozoriga munosabat tubdan o‘zgarishi kerak. Bu yo‘nalishdagi natijalar yaqin 10 yillarda O‘zbekistonning rivojlanish suratini belgilaydi.
Beshinchi yo‘nalish – tabiatga munosabat faqatgina “yashil” energetikaga tayanish va suvga munosabatni keskin o‘zgartirish orqali ta’minlanishi mumkin.
Oltinchi yo‘nalish – davlat boshqaruvida eskicha qarashlarga va sud-huquq tizimida murosasozlikka barham bermasdan taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqib bo‘lmaydi.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram