avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
24.12.2025 10:31
Sog’liqni saqlash vazirini eshitdik.

Asilbek Xudayarov islohotlar vaziri
. Vazir oldida ikkita og’ir vazifa turibdi - elektron retsept va tibbiy sug’urta tizimini joriy qilish.

Bu ikki islohot amalga oshmasa, O’zbekistonda tibbiyot tuzalmaydi.

Albatta, bu o’zgarishlarga jiddiy qarshi kurashadigan va jamoatchilikni ham qarshi qayraydigan, daromadidan oson kechmaydigan manfaatdorlar qatlami bor. Bu qatlamni birinchi o’rinda aqlli iste’molchi rad etishi kerak, keyin qonunlarda jazo choralarini kuchaytirilishi zarur.

Taqdimotdan ko’rinib turibdiki, juda katta ish qilingan.

37 milliondan ortiq vatandosh mamlakatimizning istalgan joyidagi shifoxonalarda tibbiy kartasidan foydalanishi mumkin. Juda katta ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Mamlakatimizda ro’yxatga olingan 8,2 ming dorilarning 6 mingtasini ishlab chiqaruvchi retseptsiz sotishni taqiqlagani holda, bizning dorixonalar bemalol sotib yotibdi. Demak, ular soxta, aksincha, ishlab chiqaruvchilar allaqachon bu haqida xabar topib, to’palon qilishgan bo’lar edi. Elektron retseptni qanchalar zarur ekanligini yaqqol ko’rsatadigan ma’lumot!

To’g’ri, vazirlik ham buni bosqichma-bosqich qilish kerakligini tushunib turibdi, lekin zarar kesilgan joyidan foyda ekanligini unutmaslik kerak.

Vazir ortga chekinish haqida umuman o’ylamayapdi. Biz ham! Vazirni qo’llab-quvvatladik va bundan keyin ham qo’llab quvvatlamoqchimiz.

@alisherQodir
Instagram
@alisherqodir.k
Sog’liqni saqlash vazirini eshitdik. Asilbek Xudayarov islohotlar vaziri. Uning oldida ikkita og’ir vazifa turibdi - elektron retsept va tibbiy sug’urta tizimini joriy qilish.
👍 76
🔥 19
🤔 4
24 7.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram