Fraksiya taklifi qabul qilindi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 47-moddasi tahririda taklifimiz inobatga olindi.
O’qituvchi bolani tahqirlamasa, xo’rlamasa va jismoniy zo’ravonlik qilmasa, javobgarlikka tortilmaydi. Turlicha talqin qilinishi mumkin bo’lgan ruhiy bosim, g’amxo’rlik qilmagani uchun kabi mezonlar tahrirdan chiqarildi.
Bog’cha va maktab millatimiz kelajagi barpo qilinadigan maskanlardir. Shu bilan birga bu yerlarda ko’zimizni qorachig’idek qadrli bolalarimizni ko’p vaqti o’tadi.
Aziz tarbiyachi va o’qituvchilar ularga eng qadrlilarimizni ishona olayotganimiz uchun qadrli ekanliklarini bilishlari kerak.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram