avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
20.12.2025 13:17
O’zbekiston tarixiy yodgorliklar mamlakati.

Ularni asrash, foydalanish va kelgusi avlodlarga beziyon yetkazish uchun restavratsiya va foydalanish bilan bog’liq ishlar sifatli, aniq talablarga bog’langan, shaffof va rasmiyatchiliklardan holi bo’lishi zarur.

Samarqand “Shohi Zinda majmuasi” kirish darvozasi 36 santimetrga og’gan, maxsus uskunalar bilan og’ish jarayoni monitoring qilib borilayotgani aytildi.

Nega ta’mirlash boshlanmayapti? Har qanday og’ish qancha tadqiq qilinishidan qat’iy nazar yiqilish bilan tugashi aniqku.

Qolaversa, yodgorlikdan 20 metr uzoqlikda serqatnov yo’l va 10 metr uzoqlikdan katta kanalizatsiyon trassa o’tgani, ulardan paydo bo’layotgan to’lqin obyektga jiddiy zarar berayotgani aniq bo’lib turib masalaga yechim izlanmayapdi.

@alisherQodir
👍 64
🔥 12
30 4.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram